Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali “Gumanitar va ijtimoiy fanlar” kafedrasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan e’lon qilingan “Olima ayollar grantlari” tashabbuskor amaliy va innovatsion loyihalar tanlovida ishtirok etib, “Haft shuaro” majmuasini o‘rganish orqali XIX asr Xorazm vohasining milliy-ma’naviy merosini tadqiq qilish va (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron ilovasini yaratish mavzusidagi amaliy ilmiy-tadqiqot loyihasi uchun grand oldi.
Loyiha rahbari: filologiya fanlari nomzodi, dotsent Xajiyeva Iroda Adambayevna
📚Loyihaning maqsadi - “Haft shuaro” majmuasi tahlili asosida XX asr boshidagi Xorazm adabiy muhitining asosiy xususiyatlarini va shahzoda shoirlar asarlarining adabiy muhitdagi o‘rnini tadqiq etishdan iboratdir va o‘zbek, rus, ingliz tillarida elektron platformani yaratish.
✅ Loyihani amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan 654 million soʻm mablagʻ ajratildi.