TATU o‘qituvchisi Rossiya Federatsiyasi tabiiy va aniq fanlar akademiyasi tomonidan “Fan va texnikada xizmat ko‘rsatgan arbob” unvoni bilan taqdirlandi

  • Asosiy
  • TATU o‘qituvchisi Rossiya Federatsiyasi tabiiy va aniq fanlar akademiyasi tomonidan “Fan va texnikada xizmat ko‘rsatgan arbob” unvoni bilan taqdirlandi
Rossiya Federatsiyasining tabiiy va aniq fanlar akademiyasi Xalqaro olimlar, o‘qituvchilar va mutaxassislar Assotsiatsiyasi tomonidan fan va texnika rivojiga o‘zining munosib hissasini qo‘shayotgan 35 yoshgacha bo‘lgan olimlar o‘rtasida tanlov e’lon qilingan bo‘lib, iyun oyining ikkinchi dekadasida o‘tkazilgan tanlov yakunlarida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Audiovizual texnologiyalar kafedrasi dotsenti, texnika fanlari doktori Beknazarova Saida Safibullayevna “Fan va texnikada xizmat ko‘rsatgan arbob” unvoni bilan taqdirlandi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu tanlovda Rossiya, Germaniya, Xitoy, Shri Lanka, Azarbayjon, Bolgariya, Belorussiya, Qozog‘iston, Qirg'iziston, Tojikiston kabi davlatlardan 300 dan ortiq yosh olimlar o‘z ishlanmalari bilan ishtirok etgan edilar.
S.Beknazarovani erishgan yutuqlari bilan tabriklab, kelgusi faoliyatida yanada ulkan yutuqlar tilab qolamiz!