Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari unviersitetida grant loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha xorijiy hamkorlar bilan muzokara o‘tkazildi
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Janubiy Koreyaning KOOKMIN universiteti bilan KOICA grant mablag‘lari hisobidan ta’lim jarayonini rivojlantirishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish yuzasidan muzokara o‘tkazdi.
✅Unda KOOKMIN universitetining Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori Byong Joon Kim va mazkur universitet professori Vadim Slepchenko qatnashdilar.
🔷Muhokamalar davomida zamonaviy ta’lim yo‘nalishlarini xorijiy tajriba asosida tashkil etish, ta’lim-tadqiqot va ishlab chiqarish jarayoni integratsiyasining dolzarb jihatlari to‘g‘risida fikr almashinildi. Shu o‘rinda talabalarning startap loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, IT sohasida biznes faoliyatni rivojlantirish bo‘yicha tajriba almashinishga kelishib olindi.