“University CTF challenge 2022” kubogining ikkinchi bosqichi bo‘lib o’tdi.

  • Asosiy
  • “University CTF challenge 2022” kubogining ikkinchi bosqichi bo‘lib o’tdi.

Toshkent shahridagi Inha universiteti Kiberxavfsizlik markazining “University CTF challenge 2022” kubogining ikkinchi bosqichi bo‘lib o’tdi. Ushbu bosqichda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetidan 9 ta talaba jami 3 ta jamoa va Toshkent shahridagi Inha universitetidan ham 9 ta talabadan iborat 3 ta jamoa qatnashdi. Musobaqa natijalari bo'yicha Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabalari eng yuqori (1300 score) ballni qo'lga kiritib, jamoaviy ballar bo'yicha ham birinchi o'rinni egallab kubog sohibi bo’lishdi va g'olib jamoamiz Gruziyaning Winter camp 2023 dasturiga qatnashish uchun yo’llanmani qo’lga kiritishdi.