Joriy yilning 8-9-yanvar kunlari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining tegishli mutaxassislaridan iborat ishchi guruh vakillari, Zarafshon shahar hokimining o‘rinbosarlari hamda tegishli mutasaddilar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
🎓 Uchrashuv davomida Zarafshon shahar aholisi uchun oliy ta’limni yaqin masofada olish imkoniyatlarini yaratish, o‘qitish va ishlab chiqarish jarayonlari uzviyligini ta’minlash masalalari ko‘rib chiqildi. Muzokaralar davomida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Zarafshon fakultetini tashkil etish, fakultetda o‘quv jarayonini yo‘lga qo‘yish, professor-o‘qituvchilar va ilmiy-pedagog xodimlarni keng jalb etish hamda o‘quv jarayonlariga oid boshqa dolzarb masalalar muhokama qilindi.