"Yandex" kompaniyasi, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabalarini “Universitetlar bellashuvi” nomli dasturlash bo‘yicha Yandex turnirida ishtirok etishga taklif etadi.

  • Asosiy
  • "Yandex" kompaniyasi, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabalarini “Universitetlar bellashuvi” nomli dasturlash bo‘yicha Yandex turnirida ishtirok etishga taklif etadi.

Mazkur turnirda talabalar o‘z dasturlash ko‘nikmalarini namoyish etish, oliygohini munosib tarzda himoya qilish va taqdim etish hamda boshqa iqtidorli tengdoshlar bilan bellashish uchun ajoyib imkoniyatga ega bo‘ladilar.

Turnir 2025-yil 14-maydan 25-iyungacha davom etadi. Asosiy bosqich onlayn formatda o‘tkaziladi, final bosqichi esa 25-iyun kuni Moskvadagi Yandex’ning karera va texnologiyalar festivalining asosiy sahnasi — Young Con 2025 doirasida Live Arenada bo‘lib o‘tadi.

Finalda 200 nafar eng yaxshi ishtirokchi g‘oliblik unvoni hamda Yandex tomonidan taqdim etiladigan qimmatbaho sovrinlar uchun kurashadi.

Turnir haqida batafsil ma’lumot olish va ro‘yxatdan o‘tish uchun havolaga o‘ting https://yandex.ru/yaintern/universitybattle

Ma’lumot uchun: Young Con festivalida o‘tkaziladigan “Universitetlar bellashuvi” finali talabalarni Yandex kompaniyasining karera imkoniyatlari, ilg‘or texnologiyalari va servis xizmatlari bilan yaqindan tanishtiradi. Shuningdek, bu tadbir IT sohasidagi yetuk mutaxassislar hamda boshqa oliy ta’lim muassasalari talabalari bilan fikr almashish va tajriba orttirish imkonini beradi. Festivalda ishtirok etish mutlaqo bepul bo‘lib, dastur va ro‘yxatdan o‘tish haqida batafsil ma’lumot rasmiy veb-saytda joylashtirilgan.