Universitetimizning yana 2 nafar ayol xodimalari e'tirofga loyiq deb topildi.
🟢Joriy yilning 6-mart sanasida bo'lib o'tgan O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi yoshlar akademiyasi kengashining qaroriga asosan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti "Mobil aloqa texnologiyalari" kafedrasi assistenti Abdullayeva Xurshida Karimberdi qizi a'zolikka qabul qilindi hamda a'zolik nishoni va sertifikat bilan taqdirlandi.
🟢Oliy ta'lim, ilm-fan va innovatsion faoliyatidagi islohotlarda faol qatnashib, yosh avlodga ta'lim berish hamda tarbiyalash jarayonida tashabbus va ko'p yillik samarali mehnati uchun "Telekommunikatsiyada boshqaruv tizimlarining apparat va dasturiy ta’minoti" kafedrasi dotsenti Mirzayeva Malika Baxadirovna sertifikat bilan taqdirlandi.
💐Kelgusi ishlaringizga zafarlar tilaymiz. Natijalar bardavom bo'lsin!