Universitetimizning professor-o'qituvchilari va talabalari atrofdagilarga quvonch ulashishdan tolmaydilar!

  • Asosiy
  • Universitetimizning professor-o'qituvchilari va talabalari atrofdagilarga quvonch ulashishdan tolmaydilar!

Universitetimizning professor-o‘qituvchilari va talabalari atrofdagilarga quvonch ulashishdan tolmaydilar!

Navroʻzi bayrami munosabati bilan joriy yilning 27-mart kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti "Radio va mobil aloqa" fakultetining "Elektronika va radiotexnika" kafedrasi professor-o‘qituvchilari va talabalari tomonidan Toshkent shahridagi 22-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga quvonch ulashish maqsadida Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan tadbir tashkillashtirildi.

Tadbir davomida mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari va jamoasi uchun musiqiy chiqishlar hamda maxsus sovg‘alar taqdim etildi.