
Marosimda O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vaziri Sh. Shermatov, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Fan, ta’lim, madaniyat, sport va yoshlar masalalari qo‘mitasi raisi N. Jumayev, Hindistonning O‘zbekiston Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi S. Pant, “QS” (Quacquarelli Symonds) agentligining Global munosabatlari bo‘yicha mintaqaviy direktori S. Xristolyubov, O‘zbekistondagi KOICA ofisi direktori Sh. Meong Sop va boshqa bir qator hamkor xorijiy va soha korxonalari rahbarlari hamda Respublikamiz oliygohlari rektorlari, jamoat tashkilotlari vakillari, ilm-fan, ta’lim sohasining yetuk mutaxassislari ishtirok etdilar.
Mehmonlar bog‘ hududiga manzarali va mevali daraxt ko‘chatlarini ekdilar. Tadbir qatnashchilari ushbu bog‘ni millatlararo do‘stlik va hamjihatlik ramzi sifatida alohida e’tirof etdilar.