Universitetimizda xodimlar hamda professor-o‘qituvchilar o‘rtasida “FUTZAL — Rektor kubogi 2025” sport musobaqasi yuqori ruhda bo‘lib o‘tdi.

  • Asosiy
  • Universitetimizda xodimlar hamda professor-o‘qituvchilar o‘rtasida “FUTZAL — Rektor kubogi 2025” sport musobaqasi yuqori ruhda bo‘lib o‘tdi.

Musobaqa bir necha bosqichda tashkil etilib, ikki kun davomida universitet jamoalari o‘zaro kuch sinashdi. Qizg‘in va murosasiz bellashuvlar natijasida quyidagi jamoalar sovrinli o‘rinlar uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritdi:

🏆Final bahsi:
• Kompyuter injiniringi fakulteti
• Texnik foydalanish va xo‘jalik bo‘limi

🥉3-o‘rin uchun bahs:
• Dasturiy injiniring fakulteti
• Tashkiliy nazorat boshqarmasi

🗓FINAL BELLASHUVLARI — 29-dekabr

🔺Soat 10:30
Dasturiy injiniring fakulteti va Tashkiliy nazorat boshqarmasi

🔺 Soat 11:00
Kompyuter injiniringi fakulteti va Texnik foydalanish va xo‘jalik bo‘limi

🎉 Barchani final uchrashuvlarini tomosha qilishga chorlaymiz va jamoalarga omad tilaymiz!