![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
Bugun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi abituriyentlar uchun kirish imtihonlari tashkil etildi.
Imtihon jarayonlari shaffoflik va adolat tamoyillari asosida, amaldagi davlat ta’lim standartlari hamda belgilangan tartib-qoidalarga to‘liq rioya etilgan holda o‘tkazildi.
Abituriyentlarning bilim va salohiyatini xolis baholash maqsadida barcha zarur shart-sharoitlar yaratildi hamda jarayonga universitetning tajribali professor-o‘qituvchilari jalb etildi.
🇺🇿Universitetimizda har bir abituriyent uchun teng imkoniyat va qulay muhit yaratish ustuvor vazifalardan biri bo‘lib qoladi.



