Universitetimizda dasturlash bo’yicha jahon chempionati yarim final musobaqalari bo’lib o’tdi

  • Asosiy
  • Universitetimizda dasturlash bo’yicha jahon chempionati yarim final musobaqalari bo’lib o’tdi

2015 yilning 5-6 dekabr kunlari universitetiizda Shimoliy-Sharqiy Yevropa guruhida dasturlash bo’yicha jahon chempionati yarim final bosqichi musobaqalari bo’lib o’tdi. Bunda O’zbekistondan 26 ta jamoa, Qozog’istondan  24 ta jamoa va Qirg’izistondan 2 ta jamoa final yo’llanmasini qo’lga kiritish uchun kurashadilar.

Musobaqaning yakuniy natijalariga ko’ra Toshkent axborot texnologiyalari universitetining 1-jamoasi "Tahskent U of IT 1” (Bozorboyev O., Toshkanov A., Samadov S.) 7 ta masala ishlagan holda birinchi o’rinni egalladi. Qozog’istonning Kazakh-British TU 1 va Kazakh-British TU 4 jamoalari 7 va 6 ta masala ishlagan holda ikkinchi va uchunchi o’rinlarni egalladilar.

Musobaqa bir vaqtning o’zida shuningdek Sank-Peterburg, Barnaul va Tblisi shaharlarida ham bo’lib o’tdi. Musobaqa reglamentiga ko’ra jamoalarga 5 soat mobaynida turli qiyinlikdagi 12 ta masala beriladi va jamoalar ularni belgilangan dasturlash tillari yordamida eng kam vaqt sarflab yechishlari lozim bo’ladi. Shimoliy-Sharqiy Yevropa guruhida eng yaxshi natijalarni qo’lga kiritgan jamoalardan finalchilar tanlab olinadi va tez orada e’lon qilinadi. Finalga bitta oliy ta’lim muassasasidan faqatgina bitta jamoa chiqishi mumkin.

Musobaqaning yakuniy natijalarini quyidagi manzilda ko’rishingiz mumkin:

http://neerc.ifmo.ru/information/standings.html