

Ushbu tadbirda 2025-yil 14-fevraldagi Davlatimiz Rahbarining “Oliy taʼlim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishiga koʻmaklashish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-61-son qaroriga ko‘ra “Kelajakka qadam” dasturi doirasida bitiruvchi talabalarga haq to‘lanadigan amaliyotlarning mazmun-mohiyati, ishtirok etish tartibi hamda yaratilayotgan imkoniyatlar to‘g‘risida tushuntirishlar berildi. Shuningdek, talabalarning ishga joylashishiga ko‘maklashish maqsadida ishlab chiqilgan onlayn platformalar, ulardan foydalanish tartibi va afzalliklari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Shu bilan birga, “Kelajakka qadam” dasturi doirasida O‘zmilliybank AJ tomonidan taqdim etilayotgan moliyaviy xizmatlar paketi, imtiyozli kreditlar hamda yosh tadbirkorlar uchun yaratilgan qulay imkoniyatlar bilan talabalar yaqindan tanishdilar.
Tadbir yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar hamda kelajak rejalari yuzasidan mutaxassislar bilan bevosita muloqot qilish imkoniga ega bo‘ldilar.