Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida yangi o'quv yiliga bag'ishlangan tadbir bo'lib o'tdi

  • Asosiy
  • Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida yangi o'quv yiliga bag'ishlangan tadbir bo'lib o'tdi
 
🏛Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida yangi o'quv yiliga bag'ishlangan tadbir bo'lib o'tdi
 
✅Universitetimizda yangi 2022-2023 oʻquv yilining boshlanishiga puxta tayyorgarlik koʻrilgan. Erta tongda Universitet rahbariyati boshchiligida universitet kirish qismida 1-bosqichga qabul qilingan talabalarni ko'tarinki kayfiyatda kutib olindi.
 
✅Tadbirda TATU rektori, professor B. Maxkamov so'zga chiqib, "Talabalik yillari abadiy esda qoladi, shuning uchun sizga nafaqat yangi foydali bilim va ko'nikmalarga ega bo'lishingizni, balki o'qishdan zavqlanishingizni ham tilayman! Barcha mashg'ulotlar siz uchun sarguzasht bo'lsin!" deya iliq so'zlar bilan talaba-yoshlarni va ularning ota-onalarini samimiy qutladilar.