
“Toshkent shahrida 2025-yil davomida qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlari, maxsus-taktik o‘quv mashqlari va yong‘in-qutqaruv amaliy taktik mashqlarini o‘tkazish rejasi”ga asosan, joriy yilning 30-may kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “Oliy ta’lim muassasalarida yuzaga kelgan texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda obyekt rahbariyati, qutqaruv (Fuqaro muhofazasi) tuzilmalari hamda FVB xizmatlarining hamkorlikdagi harakatlari” mavzusida maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi.
O‘tkazilgan maxsus-taktik o‘quv mashqiga universitetning barcha rahbariyat tarkibi, talaba va o‘qituvchilar, shuningdek, Yunusobod tumani FVB dan 6 nafar shaxsiy tarkib 1 ta maxsus texnika, 3 ta shahar tibbiyot hodimi va 1 ta maxsus tez tibbiy yordam mashinasi jalb etildi.