Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida talaba-yoshlar o‘rtasida “Talabalar ligasi” sport musobaqalari doirasida sportning VOLEYBOL turi bo‘yicha “Rektor kubogi–2026” musobaqasining 2-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.

  • Asosiy
  • Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida talaba-yoshlar o‘rtasida “Talabalar ligasi” sport musobaqalari doirasida sportning VOLEYBOL turi bo‘yicha “Rektor kubogi–2026” musobaqasining 2-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.



 Mazkur musobaqadan ko‘zlangan asosiy maqsad talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, sportga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish hamda jamoaviylik va raqobat muhitini mustahkamlashdan iborat.

 Musobaqaning 2-tur o‘yinlari qizg‘in va murosasiz bahslarga boy tarzda bo‘lib o‘tdi. Universitet fakultetlari jamoalari o‘zaro bellashib, sport mahorati, tezkorlik hamda jamoaviy o‘yin ko‘nikmalarini namoyon etdilar.

Birinchi kungi bellashuvlarda quyidagi natijalar qayt etildi:
TTF jamoasi 1-2 KIF jamoasi
KXF jamoasi 2-0 KTF jamoasi
IMF jamoasi 0-2 TF jamoasi
DIF jamoasi 2-1 RMAF jamoasi

 “Rektor kubogi–2026” doirasidagi uchrashuvlar talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning jismoniy faolligini oshirish hamda sport orqali do‘stlik va hamjihatlik muhitini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.