Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida QS xalqaro reyting tashkiloti ekspertlari - Dara Buxtoyarova (mintaqaviy loyiha koordinatori) va katta maslahatchi Daniel Khan tashrif buyurdi.

  • Asosiy
  • Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida QS xalqaro reyting tashkiloti ekspertlari - Dara Buxtoyarova (mintaqaviy loyiha koordinatori) va katta maslahatchi Daniel Khan tashrif buyurdi.

Tashrif davomida universitet professor-o‘qituvchilari uchun QS Fanlar bo‘yicha reytinglari 2025 metodologiyasi yuzasidan maxsus seminar-trening tashkil etildi. Seminar davomida QS fanlar bo‘yicha reyting metodologiyasi, milliy va xalqaro ko‘rsatkichlar tahlili hamda universitetning xalqaro reytinglarda qayd etishdagi muhim strategik tavsiyalar bilan tajriba almashildi.

Ma’lumot uchun: QS va Times higher education xalqaro reyting tashkilotlari tomonidan e’lon qilingan bir qator reyting natijalariga ko‘ra TATU dunyodagi eng nufuzli TOP-1000 talikdagi OTMlari qatoriga kirgan edi.

Uchrashuv TATUning xalqaro reytinglarda o‘z o‘rnini mustahkamlashga xizmat qiladi!