Bugun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi.
“Jismoniy va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish” reja – jadvaliga muvofiq rektor tomonidan tashkil etilayotgan qabullardan ko‘zlangan asosiy maqsad, jismoniy va yuridik shaxslar bilan uchrashish va murojaatlar kelib chiqishiga sabab bo‘lgan masalalarni joyida ijobiy hal qilishdan iborat.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilishning yanada samarali tizimini tashkil etish maqsadida xar xaftaning chorshanba kuni universitet rektori tomonidan murojaatchilarni va ularning vakillarini qabul qilish yo‘lga qo‘yilgan.
Shu kunga qadar 200dan ortiq murojaatlar ko‘rib chiqilgan.