Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida talaba-yoshlarning badiiy-estetik dunyoqarashini rivojlantirish, ularni kitobxonlik madaniyatiga keng jalb etish maqsadida navbatdagi maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

  • Asosiy
  • Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida talaba-yoshlarning badiiy-estetik dunyoqarashini rivojlantirish, ularni kitobxonlik madaniyatiga keng jalb etish maqsadida navbatdagi maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

“Bir haftada – bir kitob” va “Kitobxon yoz – 2025” tashabbuslari doirasida tashkil etilgan ushbu tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir va rassom Davron Rajab ishtirok etdi.

Tadbir davomida Davron Rajab o‘zining yangi “Ovozdagi ranglar” nomli kitobini taqdim etdi. Asar she’riyat va tasviriy san’at sintezida yaratilgan bo‘lib, unda inson ruhiy olami, estetik kechinmalar va zamonaviy badiiy tafakkur ifodasi o‘z aksini topgan.

Tadbir doirasida: Yozuvchi-shoir bilan ochiq muloqot va she’riyat namunalarini tinglash va tahlil qilish bo‘lib o‘tdi.

Bunday tashabbuslar yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ularni mustaqil fikrlovchi, ijodiy tafakkurga ega shaxslar etib tarbiyalashda muhim o‘rin tutadi.