Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabalari 2025-yil yozida Fransiyaning “ENSSAT – Ilg‘or milliy amaliy fan va texnologiyalar kolleji”da o‘tkazilgan xalqaro “Summer School” yozgi maktab dasturida muvaffaqiyatli ishtirok etishdi.

  • Asosiy
  • Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabalari 2025-yil yozida Fransiyaning “ENSSAT – Ilg‘or milliy amaliy fan va texnologiyalar kolleji”da o‘tkazilgan xalqaro “Summer School” yozgi maktab dasturida muvaffaqiyatli ishtirok etishdi.

Dastur 2025-yil 18-iyundan 1-iyulgacha davom etdi. Ushbu davr mobaynida talabalar ikki asosiy loyiha ustida amaliy mashg‘ulotlarda qatnashishdi:

“Car Parking” – avtomobil to‘xtash joylarini samarali boshqarish tizimi.

“Electronic Safe with Password Lock” – parol bilan himoyalangan elektron seyf loyihasi.

Talabalar yuqori faollik va bilim darajasi bilan ajralib turib, ushbu loyihalar bo‘yicha faxrli o‘rinlarni egallashdi va ENSSAT tomonidan maxsus sertifikatlar bilan taqdirlandilar.

Ushbu xalqaro tajriba talabalarning texnik ko‘nikmalarini mustahkamlash, chet elda amaliyot o‘tash hamda turli millat vakillari bilan hamkorlikda ishlash salohiyatini oshirishda muhim omil bo‘ldi.