
Avval xabar berganimizdek, joriy yilning fevral oyidan boshlab respublikamiz oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida mini-futbol bo‘yicha “Talabalar ligasi – 2025” musobaqalariga start berilgan edi.
💻 Musobaqalarning “A” guruhida bellashayotgan TATU talabalar terma jamoasi 27-fevral kuni Vebster universitetining talabalar terma jamoasiga qarshi maydonga tushib, 2:2 hisobida durang natijani qayd etgan edi.
👟 Bugun, 5-mart kuni talabalarimiz terma jamoasi Toshkent davlat yuridik universiteti talabalar terma jamoasini 5:2 hisobida mag‘lub etib, ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi va turnir jadvalida 8 ochko to‘plab, 2-o‘rindagi mavqeini mustahkamladi.
🎉 Talabalarimiz terma jamoasiga keyingi o‘yinlarda omad tilaymiz!
Musobaqalar natijalarini quyidagi havola orqali kuzatib borishingiz mumkin:
https://futsal.uz/tournament/1049240/tables
✈️@tuituz_official