Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori B.Maxkamov, universitet rahbariyati hamda talaba-yoshlari siyosiy qatag‘on qurbonlari hayoti, faoliyati va ularga oid tarixiy haqiqatlarni chuqur o‘rganish maqsadida Toshkent shahridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi hamda Shahidlar xotirasi maydoniga tashrif buyurdilar.

  • Asosiy
  • Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori B.Maxkamov, universitet rahbariyati hamda talaba-yoshlari siyosiy qatag‘on qurbonlari hayoti, faoliyati va ularga oid tarixiy haqiqatlarni chuqur o‘rganish maqsadida Toshkent shahridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi hamda Shahidlar xotirasi maydoniga tashrif buyurdilar.

Tashrif davomida:
🟢 qatag‘on yillarida millat ozodligi va Vatan ravnaqi uchun kurashgan fidoyi ajdodlarimiz hayoti va jasorati haqida keng ma’lumotlar berildi;
🟢muzey ekspozitsiyalari, tarixiy hujjatlar va buyumlar bilan yaqindan tanishildi;
🟢o‘sha davr fojialarining ijtimoiy-siyosiy saboqlari muhokama qilindi.

Mazkur tashrif universitetda qatag‘on qurbonlari merosini o‘rganish va targ‘ib etish, yoshlar ongida tarixiy xotira, milliy o‘zlik, Vatanga sadoqat tuyg‘ularini mustahkamlashga qaratilgan umumiy chora-tadbirlarning bir qismi hisoblanadi.

Qatag‘on qurbonlarini yod etish — bu tarixdan saboq olish, kelajakni nurli qilish demakdir.