🏛 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori Baxtiyor Maxkamov hamda universitet rahbariyat vakillari, Toshkent shahrida ijarada yashayotgan Kiberxavfsizlik fakulteti talabalarining yashash sharoitlarini joyida o‘rgandi.

  • Asosiy
  • 🏛 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori Baxtiyor Maxkamov hamda universitet rahbariyat vakillari, Toshkent shahrida ijarada yashayotgan Kiberxavfsizlik fakulteti talabalarining yashash sharoitlarini joyida o‘rgandi.

Tashrif davomida talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning turar joy sharoitlari batafsil ko‘zdan kechirildi. Xavfsizlikka alohida e’tibor qaratish, is gazi xavfi yuzaga kelishining oldini olish, energiya resurslaridan samarali foydalanish bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan fikr bildirib, mavjud muammolarni bayon etdilar. Ularning murojaatlari tinglanib, amaliy yechimlar taklif etildi.

Universitet rahbariyati vakillari talabalar uchun yanada qulay va xavfsiz muhit yaratish, mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rishga tayyor ekanini ma’lum qildilar.

Bu kabi tashriflar, talabalar uchun qulay va xavfsiz yashash sharoitlarini yaratish, ularning ta’lim jarayoniga bo‘lgan e’tiborini oshirishga xizmat qiladi.