
Uchrashuv davomida Kompyuter injiniringi fakultetining talabalari bilan o‘zaro fikr almashildi, yurtimizda axborot texnologiyalari sohasidagi yangiliklar, ilm-fan va ta’limda zamonaviy tendensiyalar haqida so‘z yuritildi. Samimiy ruhda o‘tgan uchrashuvda rektor talabalarni qiziqtirgan barcha savollarga atroflicha javob berdi.
Shuningdek, rektor TTJdagi mavjud shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi, talabalar yashash muhitini ko‘zdan kechirdi.
Uchrashuv yakunida rektor talabalarni yaratilgan imkoniyatlardan samarali foydalanib, puxta bilim olishga, faol va tashabbuskor bo‘lishga, kelgusida yurtimiz ravnaqiga munosib xizmat qiladigan malakali mutaxassis bo‘lib yetishishga chaqirdi.