
Uchrashuv davomida Dasturiy injiniring, Televizion texnologiyalari, AKT sohasida iqtisodiyot va menejment hamda AKT sohasida kasb ta’limi fakultetlarining talabalari bilan o‘zaro fikr almashildi, yurtimizda axborot texnologiyalari sohasidagi yangiliklar, ilm-fan va ta’limda zamonaviy tendensiyalar haqida so‘z yuritildi.
Samimiy ruhda o‘tgan uchrashuvda rektor talabalarni qiziqtirgan barcha savollarga atroflicha javob berdi.
Uchrashuv yakunida rektor talabalarni yaratilgan imkoniyatlardan samarali foydalanib, puxta bilim olishga, faol va tashabbuskor bo‘lishga, kelgusida yurtimiz ravnaqiga munosib xizmat qiladigan malakali mutaxassis bo‘lib yetishishga chaqirdi.