Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida dunyoning yetakchi texnologik kompaniyalaridan biri bo‘lgan Oracle Corporation kompaniyasining sotuv direktori Christian Obando hamda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rahbariyati o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

  • Asosiy
  • Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida dunyoning yetakchi texnologik kompaniyalaridan biri bo‘lgan Oracle Corporation kompaniyasining sotuv direktori Christian Obando hamda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rahbariyati o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.



Toshkent xalqaro investitsiya forumi
doirasida dunyoning yetakchi texnologik kompaniyalaridan biri bo‘lgan Oracle Corporation kompaniyasining sotuv direktori Christian Obando hamda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rahbariyati o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

 Uchrashuv davomida mehmon universitetda amalga oshirilayotgan raqamli transformatsiya jarayonlari, ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasiga qaratilgan loyihalar, zamonaviy laboratoriyalar hamda innovatsion markazlar faoliyati bilan tanishdi.

 Shuningdek, delegatsiya TATU huzuridagi Oracle Academy faoliyatini ko‘zdan kechirib, laboratoriyani modernizatsiya qilish, Oracle texnologiyalarini ta’lim jarayoniga keng joriy etish va talabalar uchun zamonaviy amaliy o‘quv muhitini rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.

 Tomonlar qo‘shma ta’lim va ilmiy loyihalarni kengaytirish, xalqaro sertifikatlash dasturlarini rivojlantirish hamda raqobatbardosh IT mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha hamkorlikni mustahkamlashga kelishib oldilar.

Mazkur uchrashuv Oracle va TATU o‘rtasidagi strategik hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish uchun muhim qadam bo‘ldi.