O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi “Maʼnaviyat va maʼrifat” markazining va Prezidentimizning 2021 yil 26 martdagi “Maʼnaviy – maʼrifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosan oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan talaba-yoshlarning mafkuraviy immunitetini mustahkamlash maqsadida universitetda tyutorlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Unda taʼlim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, shuningdek, yoshlarni vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni amalga oshirishning samarali va taʼsirchan targ‘ibot texnologiyalari hamda usullarini ishlab chiqish kabi bir qator vazifalarni ko‘rib chiqildi.