
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 13-fevral kuni bo‘lib o‘tgan "olimpiya va paralimpiya harakatini yanada rivojlantirish, ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish hamda aholi jismoniy faolligini oshirish" chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi hamda kuni kecha, 14-fevral kuni Prezidentimizning mamlakatimiz yoshlari bilan uchrashuvida "yoshlar bilan ishlash natijadorligini yanada oshirish, ularga yanada keng imkoniyatlar yaratish" chora-tadbirlari yuzasidan berilgan vazifalar bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi.
🗒 Rektor boshchiligidagi yig‘ilishda hurmatli Prezidentimiz tomonidan berilgan topshiriqlarning ijrosini universitet rahbar xodimlari tomonidan o‘z vaqtida va sifatli ta’minlanishi zarurligi ta’kidlab o‘tildi.