Universitetda professional ta’lim muassasalarini metodik jihatdan qo’llab-quvvatlash yuzasidan uchrashuv bo‘lib o’tdi

  • Asosiy
  • Universitetda professional ta’lim muassasalarini metodik jihatdan qo’llab-quvvatlash yuzasidan uchrashuv bo‘lib o’tdi

Joriy yilning 28-yanvar kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Professional ta’limni rivojlantirish instituti mas’ul xodimlari va universitetning Hududiy o‘quv muassasalari bo‘yicha prorektor Sh.To‘rayev ishtirokida Aloqa va axborotlashtirish, telekommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishlari o‘quv-metodik birlashmasining 2025-yilda ish faoliyatini tashkil etish yuzasidan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

✍️ Uchrashuvda birlashma yig‘ilishida ko‘rilishi zarur bo‘lgan masalalar hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-oktyabrdagi PF-158-son Farmoni asosida yangi tashkil etilayotgan politexnikumlar uchun adabiyotlar yaratish va ularga metodik yordam ko‘rsatish yuzasidan fikrlar almashildi. 

Ma’lumot uchun: o‘tgan 2024-yilda birlashma raisi sifatida Sh.To‘rayev faoliyat yuritgan.