Navro'z saylini munosib kutib olish maqsadida erta tongdan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida ham umumxalq hashari bo'lib o'tdi.

  • Asosiy
  • Navro'z saylini munosib kutib olish maqsadida erta tongdan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida ham umumxalq hashari bo'lib o'tdi.

🌺Azaldan xalqimizda bayramlarga katta tayyorgarlik ko‘rilib, ko‘cha-ko‘ylar, mahallalarni obod qilishga, yon-atrofni ozoda, pokiza, tartibli, saranjom holda saqlashga jiddiy e’tibor qaratilgan.

🏛Bugun, 18-mart umumxalq hashari hamda Navro‘z saylini munosib kutib olish maqsadida erta tongdan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida ham umumxalq hashari bo‘lib o‘tdi.

✅Ta’lim dargohimizni obod bo‘lishiga o‘zining munosib hissasini qo‘shishni insoniy burchi deb bilgan universitet jamoasi hamda talabalari har bir ishda ahil va hamjihat ekanliklarini yana bir karra namoyon etdilar.