💻 Talabalar uchun muhim yangilik!
✅ Xalqaro “MS Azure certificate”ni olish istagida bo‘lgan universitet talabalari diqqatiga!!!
🤝 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Janubiy Koreyaning KOICA agentligi hamda Kookmin universiteti bilan hamkorlikda amalga oshirayotgan “TATUda innovatsion biznes IT ta’lim tizimini tashkil etish” grant loyihasi doirasida Xalqaro “MS Azure certificate”ni olish istagida bo‘lgan 25 nafar TATU talabalarining xarajatlari qoplab berilishi rejalashtirilgan.
📌 Loyiha doirasida talabalar mazkur sertifikatni olishlari uchun Kookmin universiteti professor-o‘qutivchilari tomonidan zaruriy bilim hamda ko‘nikmalar berib boriladi.
🕒 Joriy yilning 14-noyabr kuni soat 15:00 da Microsoft kompaniyasidan sertifikat olishni xohlovchilar uchun trening o‘tkazish belgilangan.
Dasturda ishtirok etish uchun quyidagi forma orqali ro‘yxatdan o‘ting https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSdLVj2ptfqsiIxmteeWjhMqupVrLA7_0PRtQ7LLIVDHuMq2Ow/viewform?pli=1