Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida "Eng yaxshi kitobxon talaba" respublika ko‘rik-tanlovining universitet bosqichi bo‘lib o‘tdi.
💡 Tanlovning asosiy maqsadi – talabalar o‘rtasida badiiy asarlarning hayotimizdagi o‘rni va ahamiyatini targ‘ib qilish orqali yoshlarimizni har tomonlama sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash.
🏆 Bellashuv yakuniga ko‘ra quyidagi natijalar qayd etildi:
🥇- o‘rin Radio va mobil aloqa fakulteti talabasi Xoliqova Madina;
🥈- o‘rinTelevizion texnologiyalar fakulteti talabasi Eshpo‘latov Sohibjon;
🥉- o‘rinTelekomunikatsiya texnologiyalari fakulteti talabasi Nishonova Farangiz;
🏅4-o‘rin AKT sohasida Kasbi ta’lim fakulteti talabasi Normutativa Xurshida egaladi.
🎁 G‘olib bo‘lgan talabalar diplom hamda esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar.