Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti bitiruvchi kurs talabalari uchun ajoyib imkoniyat!

  • Asosiy
  • Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti bitiruvchi kurs talabalari uchun ajoyib imkoniyat!

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti bitiruvchi kurs talabalari uchun ajoyib imkoniyat!

Rossiyaning yetakchi oliygohlaridan biri — “NIYaU MIFI” (Milliy tadqiqot yadro universiteti) vakili bilan uchrashuvga taklif etamiz!

Sana: 17-aprel 2026-yil
Joy: B-210 auditoriya
Format: oflayn (jonli uchrashuv)

Uchrashuv davomida siz:
Magistratura dasturlari (jumladan qo‘shma dasturlar) bilan tanishasiz
Xorijda ta’lim olish imkoniyatlari haqida bilib olasiz
Universitet vakiliga o‘zingizni qiziqtirgan savollarni berasiz
Qabul shartlari, o‘qish jarayoni va ilmiy faoliyat haqida ma’lumot olasiz

Spiker:
NIYaU MIFI mikro va nanoelektronika kafedrasi katta o‘qituvchisi
Mateyko Aleksandr Andreevich

Mazkur tadbir universitetlar o‘rtasidagi xalqaro hamkorlikni rivojlantirish hamda talabalar akademik mobilligini kengaytirish maqsadida tashkil etilmoqda.

Barcha yo‘nalishdagi, magistratura va ilmiy faoliyatga qiziqqan talabalarni taklif etamiz!