O’zbekistondagi Oliy ta’lim muassasalari orasida TATU birinchi reytingda baholandi

  • Asosiy
  • O’zbekistondagi Oliy ta’lim muassasalari orasida TATU birinchi reytingda baholandi

University Ranking (http://www.4icu.org/uz/) saytining ma’lum qilishicha Toshkent axborot texnologiyalari universiteti O’zbekistondagi universitetlar orasida birinchi o’rinni egalab turibdi.

UniRank jahon bo’yicha 200 ta davlatdagi 13000 universitetlarni Internetdagi reytingini aniqlash bo’yicha har 6 oyda taxlil o’tkazib chiqadi. Ushbu taxlilni o’tkazishda 5 ta mustaqil veb metrikadan foydalanadi.

Ushbu Intellektual tizimlar xar bir veb sahifaga tashrif buyuruvchilar sonini va qidiruv tizimi orqali veb sahifani necha marta qidirilganligini doimiy ravishda xisoblab boradi. Shu tariqa universitetlarning reytingini aniqlab borishadi.

Ushbu tizimda baholangan universitetlarning reytingi uniRank tomonidan universitetdagi ta’lim sifati yoki universitetning ilmiy salohiyatini anglatmaydi.