Professor-o'qituvchilar va talabalar diqqatiga! TATUda “Ingliz tili uyushmasi – English Union” loyihasi ishga tushdi

  • Asosiy
  • Professor-o'qituvchilar va talabalar diqqatiga! TATUda “Ingliz tili uyushmasi – English Union” loyihasi ishga tushdi
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “Ingliz tili uyushmasi – English Union” loyihasi ishga tushdi. Loyiha universitet yoshlarining ijtimoiy, madaniy va ilmiy salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan uyushmadir. English Unionning asosiy g’oyasi universitet talabalarining chet tillarini mukammal o’rganish va o’rgatishga qaratilgan. Loyiha o’z ish doirasini kengaytirish hamda talaba yoshlarning faqatgina bir yo’nalishga bog’lanib qolmasdan, o’z qiziqishi va istaklariga binoan yo’l tanlashlari uchun o’zining 4 yo’nalishli strukturasini taqdim etadi.
“Ingliz tili uyushmasi – English Union” - o’z imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda faqatgina suhbat klublarini tashkillashtirish emas, balki talabalar ijtimoy hayotini yanada faol va qiziqarli o’tkazish maqsadida turli xil ijtimoiy dasturlar (social projects) yaratish, talabalar uchun turli tadbir va kechalar uyushtirish, shu bilan birga talabalardan tushadigan universitet faoliyatini yanada rivojlantirishga qaratilgan takliflarni qabul qilish, o’rganib chiqish va universitet ma’muriyatiga taqdim etishni ta’minlaydi. Loyiha 4 ta yo’nalishda faoliyat yuritadi:

  1. Ingliz tilida suhbat klublari
  2. Bepul ingliz tili darslari
  3. Madaniy tadbirlar
  4. Ko’ngillilar faoliyati
“Ingliz tilida suhbat klublari” – Universitetda har hafta chet tillarida suhbat va bahslashuv klublarini tashkil etishadi. Debate Clublar tashkil etishda qatnashchilar va tinglovchilar soni cheklanmagan (asosiysi talabalarning darsga qatnashishiga halal berilmasligi lozim).
“Bepul ingliz tili darslari” – talabalarning qo’shimcha tarzda boshqa talabalarga chet tillaridan dars mashg’ulotlarini o’tkazilishini tashkillashtiruvchi yetakchidir. Dars sifatini tekshirish maqsadida har oyning oxirida test sinovlari o’tkaziladi va talabalar bilimi monitoring qilib boriladi.
Madaniy tadbirlar – turli xildagi madaniy tadbirlar va kechalar o’tkazish bilan shug’ullanuvchi bo’lim. Yuqorida aytilayotgan tadbirlar qatoriga intellektual tanlovlar, musobaqa ko’rinishidagi tadbirlar, Respublikaning yetakchi biznes sohasi va boshqa yo’nalishlarda yutuqqa erishgan insonlar bilan uchrashuvlarni kiritish mumkin.
Ko’ngillilar faoliyati universitetda o’tkazilishi rejalashtirilgan tadbirlarda faol bo’lishi shart. Bu sohadagi talaba-ko’ngillilar soni boshqa yo’nalishdagilar sonidan ko’proq bo’ladi. Buning asosiy sababi adabiy tadbirlar va ko’ngilochar kechalarni tashkillashtirish ko’proq ishchi kuchi talab etadi va o’z-o’zidan ko’ngilli-talabalar bu borada o’z xizmatlarini ko’rsatadi.