(UniCEN) tadqiqot metodologiyasi bo'yicha seminarda qatnashdi.

  • Asosiy
  • (UniCEN) tadqiqot metodologiyasi bo'yicha seminarda qatnashdi.

2023-yil 9-10-iyun kunlari Qozog‘istonning Olmaota shahrida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti professori Beknazarova Saida Safibullayevna Markaziy Osiyo universitetlari sheriklik dasturining (UniCEN) tadqiqot metodologiyasi bo‘yicha seminarda qatnashdi.

UniCen - Markaziy Osiyo universitetlari bilan hamkorlik dasturi va AQSh va Markaziy Osiyo oliy o‘quv yurtlari o‘rtasida barqaror hamkorlikni kengaytirish uchun platforma. UniCEN strategik rejalashtirish, menejment, o‘qituvchilarning hamkorligi va amaliyoti, talabalar harakatchanligi, o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish uchun o‘quv dasturlarini rejalashtirish kabi sohalardagi bilimlarni birlashtirishga xizmat qiladi.