Muhammad al Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga UNESCOning mintaqaviy rahbari Libing Wang tashrif buyurdi.
✅ Joriy yilning 7-iyul kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tashkil etilgan “Central Asia as the Next Higher Education Hub” nomli xalqaro konferensiyasi doirasida UNESCO ning mintaqaviy rahbari Libing Wang va UNESCOning O’zbekistondagi ta’lim sektori rahbari Baxtiyor Namazov TATUga tashrif buyurdi.
🗒 Uchrashuvda bugungi kunda Universitetimizda UNESCO tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalarni samarali bajarish va hamkorlikda yangi loyihalarni yo'lga qo'yish istiqbollari muhokama qilindi.
🤝 UNESCO mintaqaviy rahbari Libing Wang tomonidan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Markaziy Osiyoda yagona AKT ta’lim markazini tashkil etish taklifi bildirildi.
🗃 Uchrashuv so’ngida UNESCOning mintaqaviy rahbari tashabbusi bilan Xitoyning Zhejiang universiteti(Xalqaro QS reytingida TOP-44 o'rinda qayd etilgan) va TATU o'rtasida hamkorlik aloqalarini yo'lga qo'yishga kelishildi. Xususan, joriy yilda Zhejiang universitetida o'tkazilishi rejalashtirilgan xalqaro konferensiyaga Universitet vakillarini taklif etdi.
Ma’lumot uchun: Bugungi kunda Universitetimizda UNESCO bilan hamkorlikda ikkita loyiha amalga oshirilmoqda. Ular:
1. “Xalqaro onlayn ta’lim institutining O‘zbekistondagi Milliy markazi” loyihasi hisoblanib Universitetda SMART CLASSROOM tashkil etishni nazarda tutadi.
2. “Toshkent axborot texnologiyalar universitetida АКТ ta’limi orqali raqamli iqtisodiyot va jamiyatni rivojlantirish bo‘yicha bilimlar almashinuvi markazini tashkil etish” o‘quv mashg‘uloti nomli grant loyihasi hisoblanadi.