Kuni kecha, 8-yanvar kuni UNESCO-ICHEI hamda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti o‘rtasida AI + Cross-Border E-Commerce Micro-Certification Programme dasturini hamkorlikda ishlab chiqish imkoniyatlari muhokama qilindi.
🔺 Mazkur dastur rahbarlar, professor-o‘qituvchilar va talabalar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, uch bosqichli o‘quv modeli orqali iste’dodlarni rivojlantirish hamda ta’lim va sanoat ehtiyojlari o‘rtasidagi tafovutni qisqartirishga qaratilgan.
🔺 Dastur doirasida nazariy mashg‘ulotlar, transchegaraviy elektron tijorat platformalari bo‘yicha treninglar hamda amaliyotga yo‘naltirilgan ta’lim jarayonlari tashkil etilishi rejalashtirilgan.
✔️ Hamkorlar tomonidan TATUning UNESCO-ICHEIning O‘zbekistondagi Milliy ofisi sifatidagi yetakchi tajribasi ushbu dasturda faol ishtirok etish uchun yuqori salohiyatga ega ekani alohida e’tirof etildi.
ℹ️ Eslatib o‘tamiz, UNESCO-ICHEI TATU bilan hamkorlikda Smart Classroom tashkil etish hamda sun’iy intellekt yo‘nalishida mikrosertifikatsiya onlayn kurslarini yo‘lga qo‘ygan.
Ayni paytda UNESCO-ICHEIning TATUga bag‘ishlangan sahifasida AI’ni ta’lim jarayoniga joriy etishga oid 4 ta bepul onlayn kurs mavjud.
