TATU talabalari umumxalq xasharida!

Respublikamizda bahor va Navro‘z umumxalq bayramini munosib nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish, xalqimiz orasida milliy qadriyatlarimizga xos bo‘lgan o‘zaro mehr-oqibat va hamjihatlikni yanada kuchaytirish, beg‘araz yordam,mehr-muruvvat kabi ezgu fazilatlarni yuksaltirish, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini olib borish an’anaga aylangan.
Shu munosabat bilan 11-12 mart kunlari davom etadigan umumxalq xasharida Toshkent axborot texnologiyalari universiteti jamoasi va talabalari ham faol ishtirok etmoqdalar. Albatta, yurtimiz jamoliga yanada fayz kiritish harakatida ishtirok etish va unga o‘z hissasini qo‘shish har bir fuqaroning burchidir!