Toshkent shahri Yunusobod tumani 21-265-umumta’lim maktablari va Yashnobod tumani 149-151-umumta’lim maktablariga tashrif

  • Asosiy
  • Toshkent shahri Yunusobod tumani 21-265-umumta’lim maktablari va Yashnobod tumani 149-151-umumta’lim maktablariga tashrif

Joriy yilning 14-15-mart kunlari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Kompyuter injiniringi fakulteti Informatika asoslari kafedrasi professor-o‘qituvchilari Toshkent shahri Yunusobod tumani 21-265-umumta’lim maktablari va Yashnobod tumani 149-151-umumta’lim maktablariga tashrif buyurdilar.

Unda universitet va maktablar o‘rtasidagi shartnomalar ko‘rib chiqildi hamda kafedra professor-o‘qituvchilari va maktab o‘qituvchilari o‘rtasida zamonaviy ta’lim turlari, ularning o‘zaro integratsiya jarayonini yangilash, yoshlarni kasbga yo‘naltirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar va kelgusida bajarilishi kerak bo‘lgan ishlarning rejalari kelishib olindi.