Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Yunusobod tumanidagi 9-ixtisoslashtirilgan Davlat umumta’lim maktab o‘quvchilari tashrif buyurishdi. Maktab o‘quvchilariga AKTsIM fakulteti "Chet tillar" kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan universitet bo‘ylab qiziqarli ekskursiya tashkil etildi.
✅Maqsad, o‘quvchilarni IT sohasiga bo‘lgan qiziqishini ortirish, talabalarning ta’lim olishlarida yaratilgan imkoniyatlar bilan tanishtirishdan iboratdir.
📌O‘quvchilar fakultetning o‘quv xonalarini birma bir ko‘rib chiqdilar. Uchrashuv davomida ular o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar