Umumiy sovrin jamgʻarmasi 1 million dollarni tashkil qiluvchi “President Tech Award” tanlovining ikkinchi toʻlqini uchun arizalar qabuliga start berildi!

  • Asosiy
  • Umumiy sovrin jamgʻarmasi 1 million dollarni tashkil qiluvchi “President Tech Award” tanlovining ikkinchi toʻlqini uchun arizalar qabuliga start berildi!

Qiziqarli musobaqada qatnashish va oʻz gʻoyalaringizni hayotga tatbiq etish uchun noyob imkoniyatni qoʻldan boy bermang! Oʻz kuchingizni sinab koʻrish va ilgʻor IT-yechimlarini yaratishga tayyor boʻlsangiz, ushbu imkoniyat aynan siz uchun!

📝! Tanlov asosiy va maxsus yoʻnalishlarga boʻlinadi.

Tanlovning asosiy yoʻnalishi quyidagi toifalar boʻyicha oʻtkaziladi:
1. Sunʼiy intellektga asoslangan texnologiyalar;
2. Ijtimoiy sohada raqamli texnologiyalar;
3. MicroSaaS va AdTech;
4. Kompyuter va mobil oʻyinlar;
5. Tadbirkorlik va moliyaviy texnologiyalar.

📢 Maxsus yoʻnalish 72 soat ichida raqamli yechim yaratishni oʻz ichiga oluvchi Gran-Pri Hakatondan iborat.

Sovrin jamg‘armasi o‘zgarishsiz qolmoqda — 5 ta yo‘nalishning har birida 1, 2, 3-o‘rin sovrindorlari aniqlanib, quyidagi mukofotlarga ega bo‘lishadi:
1-oʻrin — $100,000
2-oʻrin — $50,000
3-oʻrin — $30,000

🤔 Tanlovning rasmiy veb-saytida (https://awards.gov.uz/president-tech-award/#terms-of-participation) roʻyxatdan oʻtishingiz, asosiy yoʻnalishlar, oʻtkazilish sanalari va ishtirok etish tafsilotlari bilan tanishishingiz mumkin.