Sirdaryo viloyati Boyovut tumani hamda Shirin shahri xalq ta’limi tasarrufidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablariga tashrif
Joriy yilning 20-aprel kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori D.S.Yaxshibayev boshchiligida professor-o‘qituvchilar Sirdaryo viloyati Boyovut tumanidagi xalq ta’limi tasarrufidagi 12 ta (1-Boyovut: №10, 11, 12, 13, 14, 16, 39, 42) va (G‘allaxor: №17, 18, 19, 20) umumiy o‘rta ta’lim maktablariga tashrif buyurdi.
Kelgusida maktab jamoasi bilan hamkorlikda maktablarda taʼlim-tarbiya jarayonini yaxshilash yuzasidan universitet va maktab oʻrtasida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, amalga oshiriladigan chora-tadbirlar yuzasidan yoʻl xaritasini ishlab chiqish boʻyicha vazifalar belgilab olindi.