Respublikamizda Muqaddas Qurbon hayitini nishonlash hamda Mustaqillik bayramiga munosib tayyorgarlik ko‘rish, xalqimiz orasida milliy qadriyatlarimizga xos bo‘lgan o‘zaro mehr-oqibat va hamjihatlikni yanada kuchaytirish, beg‘araz yordam, mehr-muruvvat kabi ezgu fazilatlarni yuksaltirish, hududlarda obodonlashtirish ishlarini keng miqiyosda tashkil etish maqsadida 18-19 avgust kunlari umumxalq xayriya xashari o‘tkazish belgilangan edi.
Ana shunday hayrli ishlar doirasida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti jamoasi ham ishtirok etdi. Xashar davomida universitet hududi bilan birga universitetning yonginasida joylashgan “Toshkent - lend” Madaniyat va istirohat bog‘i hududida ham tozalash ishlari olib borildi. Xasharda 150 dan ortiq xodimlar ishtirok etdilar.