


Ulster universitetiga tashrif davom etmoqda!
🗓 Kuni kecha, 20-mart sanasida Ulster University da amalga oshirilayotgan “A Deep-Learning-Driven Remote Endoscopy Video Diagnostic Support System to Improve Early Gastrointestinal Disease Detection” loyihasi doirasida navbatdagi workshop bo‘lib o‘tdi.
🤝 Unda Dr. Faisal Jamil jamoasi bilan birgalikda universitetimiz professor-o‘qituvchilari ham o‘z taqdimotlari bilan faol ishtirok etdilar.
🔬 Shuningdek, “Olima ayollar” tanlovi doirasida K.Abdurashidova ilmiy rahbarligida olib borilayotgan “Endoskopik tasvirlarda oshqozon yaralarini sun’iy intellekt yordamida aniqlash algoritmlari va dasturini yaratish” amaliy loyihasining natijalari ham muhokama qilindi.
💡 Mazkur hamkorlikdagi loyiha:
• endoskopiya jarayonida oshqozondagi anomaliyalarni aniqlash;
• kasalliklarni erta bosqichda tashxislash;
• sun’iy intellekt asosida tibbiyot xodimlariga yordam beruvchi dasturiy yechimlar yaratish kabi muhim vazifalarni o‘z ichiga oladi.
✅ Ushbu tashrif ilm-fan va innovatsiyalar orqali sog‘liqni saqlash sohasida ilg‘or yechimlarni joriy etishga xizmat qiladi.