“UI GreenMetric-2023" boʻyicha toʻqqizinchi xalqaro seminarda ishtirok etmoqdalar.

  • Asosiy
  • “UI GreenMetric-2023" boʻyicha toʻqqizinchi xalqaro seminarda ishtirok etmoqdalar.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti vakillari Portugaliyaning Minho universitetida o‘tkazilayotgan “UI GreenMetric-2023" boʻyicha toʻqqizinchi xalqaro seminarda ishtirok etmoqdalar.

UI GreenMetric bo‘yicha xalqaro seminarda dunyoning 28 dan ortiq yetakchi Oliy ta’lim muassasalari mutaxassislari UI GreenMetric Rankings dasturini tarqatish va joriy etishni baholash, UI GreenMetric reytingida yuqori pogʻonadagi universitetlarga oʻz universitetlarining siyosati, dasturlari va amalga oshirish amaliyoti bilan boʻlishish imkoniyatini taqdim etish, barqarorlikni boshqarish bo‘yicha hamkorlik qilish imkoniyatini taqdim etmoqdalar.

📄Ma’lumot uchun: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti “UI GreenMetric World University Rankings” Xalqaro reytingida TOP universitetlar qatorida 638-o‘rinni (https://t.me/tuituz_official/10685) egallagan.