Dasturga 3D texnologiyalardan foydalanishni talab qiladigan loyihalar (3D printerlar, 3D ruchkalar, 3D skanerlar, vinil printerlar, lazerli kesish / gravirovka va boshqalar) taklif etiladi.
Dastur g‘oya bosqichidagi ayollar startaplarini minimal hayotiy mahsulot (MVP) yaratish bosqichigacha qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.
Dasturning davomiyligi 1 hafta bo‘lib, dastur yakunida Demo Day bo‘lib o‘tadi.
Ishtirokchilarga quyidagi imkoniyatlar beriladi:
💰 50 million so‘mgacha bo‘lgan grantni jalb qilish;
🚀 3D texnologiyalar yordamida MVP yaratish/ishlab chiqish;
🤝 Xalqaro ekspertlardan mentorlik yordamini olish.
Muddat: 2024-yil 4-sentabr
Dastur bilan tanishish. (https://drive.google.com/file/d/1IqbkG3IZTldXE8drsLdOqY5XWt_kDytC/view?usp=sharing)
Ariza yuborish. (https://docs.google.com/forms/d/1ECawjUv7c4KjZKyMD5EhHRvuV7wgca5-BXvjZHCRWNc/edit?ts=66c71f70)
🗓 Sana: 2024-yil 9-dan 13-sentabrgacha
🌐 Til: o‘zbek tili (ingliz tili)
📍 Joylashuv: UEnter (https://maps.app.goo.gl/9y2RoexyZ8mWsyHW8)
Dastur USAID’s FGI loyihasi, KOICA, NIPA ko‘magida tashkil etilmoqda.