“Islom Karimov – ma’naviy jasorat sohibi”

10 mart kuni Toshkent axborot texnologiyalari universitetida AKT sohasida Iqtisod va menejment fakulteti tashabbusi bilan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 25 yanvardagi “O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning xotirasini abadiylashtirish to’g’risida”gi PQ-2744-son Qarori ijrosi yuzasidan, “Islom Karimov – ma’naviy jasorat sohibi” mavzusida uchrashuv-suhbat o’tkazildi. Suhbatda taniqli siyosatshunos olim, O’zbekiston milliy teleradiokompaniyasining siyosiy sharhlovchisi, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan jurnalist, “Shuxrat” medali sohibi, halqaro antik dunyo ilmiy akademiyasining akademigi, xalq ta’limi a’lochisi Qobilbek Karimbekov bilan ishtirok etdi.
Suhbatda O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Abdug’aniyevich Karimovning bosib o’tgan hayot yo’li, ularning Vatanimizni, xalqimizni sobiq sho’ro mustamlakaligidan ozod qilish, millatimizning azaliy qadriyatlarini tiklash, yoshlarimizning hyech kimdan kam bo’lmay, barkamol avlod bo’lib voyaga yetishlari yo’lidagi tarixiy xizmatlari, butun dunyoda tan olingan rivojlanishning “O’zbek modeli” asosida mamlakatimizni misli ko’rilmagan yuksalish darajalariga olib chiqqanligi, mamlakatimiz o’z mustaqilligining 25 yili davomida dunyoda o’z nomi, o’rni va maqomiga ega bo’lganligida ularning o’rni naqadar buyuk bo’lganligi haqida fikrlar bildirildi.