Soha korxonalari rahbarlari bilan uchrashuvlar davom etmoqda

  • Asosiy
  • Soha korxonalari rahbarlari bilan uchrashuvlar davom etmoqda
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “2018 yilda Vazirlik tizimidagi korxona va tashkilotlar hamda ularning xududiy bo‘limlari rahbarlarini Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning filiallari talabalari bilan uchrashuv-muloqotlar o‘tkazish rejasi”ga muvofiq, 2018 yil 21 aprel kuni uch viloyat (Farg‘ona, Andijon, Namangan viloyatlari) rahbar xodimlari va universitet talabalari bilan uchrashuv-muloqot o‘tkazildi. Uchrashuv-muloqotda “O‘zbektelekom” AK Farg‘ona filiali texnik direktori Sultonov Ramizbek, “O‘zbektelekom” AK Farg‘ona filiali kadrlar bo‘limi boshlig‘i Jo‘rayeva Gulnoza, “Farg‘ona shaxar telekommunikatsiya bog‘lanmasi” boshlig‘i Nosirov Muzaffar, “O‘zbekiston pochtasi” AK Farg‘ona filiali direktorining birinchi o‘rinbosari Norqulov Ulug‘bek, “O‘zbektelekom” AK Andijon filiali kadrlar bo‘limi boshlig‘i Azizova Moxigul, “O‘zbekiston pochtasi” AK Andijon filiali direktorining birinchi o‘rinbosari Jalalov Ilyosbek, “O‘zbektelekom” AK Namangan filiali tijorat direktori Axmadxo‘jayev Alisherlar hamda universitet professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etdilar.



Uchrashuv-muloqot samimiy ruxda o‘tdi, unda ikki tomon ham o‘zlarini qiziqtirgan savollariga kerakli javoblarni olishdi.