Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish, oliy ma'lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini yanada oshirish hamda bitiruvchilarni ish bilan ta’minlashda korxonalar bilan maqsadli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida, Marketing bo‘limi hamda universitet “O'zbekiston yoshlar ittifoqi”ning boshlang'ich taskiloti bilan hamkorlikda 17 fevral kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tizimining Toshkent viloyatidagi korxona va tashkilot mutassaddilari bilan universitet talabalari o'rtasida uchrashuv va ochiq muloqot o'tkazildi.
Uchrashuvda O‘zbektelekom AK Toshkent telekom filialidan Sh.Malikov, O.Aymuhamedov, “RRTM” DUK, ToshRTPS dan A.Abduqodirov, “Uzmobayl” filiali Toshkent hg‘ududiy bog‘lanmasidan N.Salimsakov, Sh.Soipov, “UMS” MCHJdan K.Nazarov, AATTSNBDITVXB boshlig‘i B.Karimov, EMMM DUK dan Xoshimxodjayev, TTT filiali 1-bog‘lamasidan Maxmudov hamda 100 dan ortiq bitiruvchi talabalar ishtirok etidlar.
Tadbirda tashkilot mutasaddilari tomonidan mavjud bo'sh ish o'rinlari, qanday yangiliklar amalga oshirilayotgani hamda ushbu tashkilotlar to'g'risida qisqacha ma'lumotlar berib o'tildi hamda talabalarning qiziqqan savollariga javoblar berildi.